
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
09:00-18:00
quvasoy_akm@natlib.uz
+998975029925


Asosiy
Kutubxona nizomi
I.
Umumiy qoidalar
1. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markaz hududida milliy va jahon madaniyatini, fan,
ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo’lida aholiga axborot-kutubxona faoliyati
bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
2. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona
markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot
va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik) Alisher Navoiy
nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o’rinlarda-Milliy kutubxona) tizimidagi
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari
(keyingi o’rinlarda - Hududiy axborot-kutubxona markazi) tasarrufidadir.
3. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazi o’z faoliyatida O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga, Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari,
farmoyishlari va ko’rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko’rsatmalariga,
Hududiy axborot-kutubxona markazining buyruqlari, ko’rsatmalariga hamda ushbu Nizomga
amal qiladi.
4. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazi hududdagi barcha tashkilot
va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik markaz hisoblanadi.
5. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona
markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalari, O’zbekiston Respublikasining ilmiy-ta’limiy
muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi va ularning faoliyatiga
oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda
Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi.
6. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona
markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
7. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona
markazi axborot-kutubxona fondini to’ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib
olish va davriy nashrlarga obuna bo’lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
begaraz (sovg’a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda boshqa
axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini ayirboshlash
yo’li bilan amalga oshiriladi.
8. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona
markazi fondida saqlanib kelinayotgan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar milliy
madaniy qadriyatlar hisoblanib, moddiy madaniy meros obyekti sifatida saqlanishi
zarur.
9. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazi yuridik shaxs hisoblanadi,
O’zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga,
bank muassasalarida hisob raqamlariga va g’aznachilik bo’limlarida shaxsiy hisob
raqamlariga ega bo’ladi.
10. Axborot-kutubxona
markazining to’liq nomi: Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi
11. Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazining yuridik manzili: Farg’ona viloyati Quvasoy shahri Beruniy 27
uy.
II.
Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazinnng asosiy vazifalari
12. Quyidagilar Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazining
asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda
axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash
tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy
va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va
keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O’zbekiston
xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko’maklashish;
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish
va ularga rahbarlik qilish;
hududda faoliyat yuritayotgan axborot-kutubxona muassasalari va kutubxonalarga
metodik yordam ko’rsatish, ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan
o’zaro almashish, foydalanish borasida hamkorlik qilish;
elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter
vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona
faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish;
axborot-kutubxona resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil etish,
Milliy kutubxona va hududiy axborot-kutubxona markazi axborot-resurslarining ma’lumotlar
bazasiga ulangan holda tuman (shahar) yig’ma elektron katalogini hamda elektron
axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to’ldirib borish, nashrlarning bibliografik
yozuvini yuritish;
O’zbekiston matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi nashrlar hisobini
olib borish
va hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etish;
Agentlikning Hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi
va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish
hamda tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot
ishlarini amalga oshirish;
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona
sohasida zamonaviy xizmat ko’rsatish tizimini joriy etish bo’yicha takliflar kiritish.
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi kitobxonlarga haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va juma
kunlari , soat 9-00 dan 18-00 gacha xizmat ko’rsatadi.
III. Quvasoy
shahar
axborot-kutubxona markaznnnng asosiy funksiyalari
13. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazi o’ziga yuklangan vazifalarga
muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi hududdagi boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan
sohani takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar, statistik va boshqa faoliyatga
oid ma’lumotlarni so’rab olish, umumlashtirilgan holda Hududiy axborot-kutubxona
markaziga belgilangan muddatda taqdim etish;
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona
fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to’ldirib borish;
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy
qilgan holda foydalanuvchilarni kutubxona fondlariga oid axborotlarni olishga bo’lgan
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar
bazasini yaratish;
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini joriy
qilish orqali axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish shakllari va uslublarini takomillashtirish,
yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi
va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish
va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda
ishtirok etish;
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi barcha turdagi
axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa
axborot-kutubxona muassasalarining masofadan turib foydalanishini ta’minlash;
Hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish,
hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish tizimini yanada yaxshilashga
qaratilgan zamonaviy shakl va uslublarni joriy qilish;
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot
ishlarini, shu jumladan kitob taqdimoti, kitob ko’rgazmalari, davra suhbati,
xotira
kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kechalar o’tkazishni tizimli va samarali tashkil etish;
kitobxonlar, kutubxonachi va targ’ibotchilar o’rtasida sohaga oid ko’rik-tanlovlarini
tashkil qilishda ishtirok etish;
Markazning rasmiy veb-sayti orqali hududdagi axborot-kutubxona muassasalari
tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, sohada amalga oshirilayotgan
yangiliklarni keng yoritib borish;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo’shimcha xizmatlar
turlarini, shu jumladan, axborot-resurslarini qidirish, materiallarni tarjima qilish,
til, kompyuter va shu kabi o’quv kurslari, skanerlash, chop etish kabi xizmatlarni
ko’rsatish bo’yicha o’rnatilgan tartibda pullik xizmatlar ro’yxati va ireyskurantlarini
ishlab chiqish va Hududiy axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda joriy
qilish;
imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona
xizmatlarini ko’rsatish;
belgilangan standartlar asosida axborot-kutubxona resurslarining elektron
katalogini shakllantirish va yuritish;
bosma nashrlarni, hududlarda chop etilgan nashrlarning majburiy nusxasini,audio
va video materiallarni, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo’lish,
almashtirish va bepul olish yo’li bilan axborot-kutubxona fondini komplektlash;
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash
va undan foydalanishni o’rnatilgan tartibda yuritish;
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining, jumladan o’lkada chop
etilgan nashrlarning hisobini olib borish;
axborot-kutubxona fondini saqlash, elektron resurslarning axborot xavfsizligi
masalalarini ta’minlash bo’yicha o’rnatilgan me’yorlar asosida ishlarni yuritish;
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlarining
ilg’or ish tajribalari bilan tanishish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi kutubxona
sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;
zamonaviy axborot-texnologiyalar va mahalliy sharoitdan kelib chiqib,
joylarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar berish;
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba
orttirish bo’yicha takliflar kiritish;
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, mahalliy
sharoitdan kelib chiqib, bino va inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona
xizmati ko’rsatishda shart-sharoitlarni yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan boshqa sohaviy
funksiyalarni amalga oshiradi.
IV. Quvasoy
shahar
axborot-kutubxoia markazining huquqlari va javobgarligi
14. Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazn quyidagi
huquqlarga ega: O’zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida"gi
Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikasiya
texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini
qo’llagan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan
foydalanib, aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha xizmat ko’rsatish;
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy
hujjatlar ijrosi, sohaviy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumot, materiallarni so’rab olish;
hududdagi axborot-kutubxona markazlarining yillik ish rejalarini tasdiqlash
va ularning ijrosi bo’yicha hisobotlarini olish;
hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish darajasini oshirish,
doimiy takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to’ldirib borish, jumladan, fondinidepozitar
fondlar, sotib olish, homiylik va aholi tomonidan beg’araz sovg’a sifatida taqdim
etiladigan kitoblar hisobiga boyitib borish;
agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi
va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirishga doir targ’ibot ishlarida ishtirok etish, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar
tashkil etish;
axborot-kutubxona fondining elektron nashrlar bazasini yaratish,foydalanuvchilarga
interaktiv axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish;
axborot resurslarini qidirish, maslahat berish, materiallarni tarjima
qilish, skanerlash, chop etish kabi qo’shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik
xizmatlarni o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan preyskurant orqali joriy qilish;
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-resurslarini saqlash,
ulardan foydalanish yo’riqnomalariga asosan faoliyat olib borish, foydalanuvchilar
tomonidan axborot-kutubxona markaziga va unda saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslariga
yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga muvofiq qoplash
turlarini va miqdorini belgilash;
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi kadrlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha takliflar kiritish;
15. Markaz quyidagilar uchun javobgar:
Quvasoy shahar aholisiga axborot-kutubxona fondlaridan
foydalanishlari uchun joriy qilingan yuqori samarali axborot-kommunikasiya texnologiyalari
orqali axborotlarni olish, axborot-resurslar bazasidan foydalanishlari uchun qulayshart-sharoitlar
yaratish;
barcha turdagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha
xizmat ko’rsatish;
foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq axborotlarni olish uchun sharoitlar
yaratish;
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazlari hududdagi
axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo’nalishlar
bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa
ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda Hududiy axborot-kutubxona
markaziga taqdim etadi;
Quvasoy shahar
axborot-kutubxona axborot-kutubxona fondini doimiy to’ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo’shimcha xizmatlar
turlari,shu jumladan pullik xizmatlar to’grisida to’liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar ro’yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o’rnatilgan
tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish;
foydalanuvchilar so’roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari
bo’yichama’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
Markazning moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan
maqsadli foydalanish.
16. Quvasoy shahar
axborot-kutubxona o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining "Axborot-
kutubxona faoliyati to’g’risida"gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Quvasoy shahar
axborot-kutubxona Nizomi Hududiy axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar
jadvali hududiy moliya bo’linmasi bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona
markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
18. Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi faoliyatiga mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy
boshqarmasi bilan kelishgan hududiy axborot-kutubxona rahbari tomonidan tavsiya
etilgan, belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori
tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
19. Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi direktori umumiy rahbarlikni olib boradi hamda
hududiy axborot-kutubxona markazi direktoriga va Agentlikning hududiy boshqarmasi
boshlig’iga hisobot beradi.
VI. Markazning mol-mulki va mablag’lari
20. Markazning moliyaviy mablag’lari:
byudjet mablag’lari;
pullik xizmatlar ko’rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashqari mablaglar;
Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazi balansidagi
bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi.
22. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan, boshqarish
huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish, saqlash, hisobdan
chiqarish masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida amalga oshiriladi va
yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
VII. Markazni qayta tashkil etish va
tugatish
23. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etish
va tugatish (qo’shish, bo’lish, o’zgartirish, muvofiqlashtirish, optimallashtirish)
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etishda
barcha hujjatlar (moliya-xo’jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa hujjatlar)qonunchilikda
belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
25. Quvasoy
shahar axborot-kutubxona markazini tugatishda uning arxiv
hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda belgilangan tartibda
topshiriladi.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!